O‘zbekiston eksportda xususiy sektor ulushini 60 foizgacha oshirish niyatida

Iqtisodiyot 14:07 / 18.01.2025 1073

Unda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan - eksportda xususiy sektor ulushini 60 foizga yetkazish maqsadlariga muvofiq tarzda tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Maqolada 2017 yildan 2023 yilgacha O‘zbekiston eksportining umumiy hajmi 120 milliard AQSh dollarni tashkil etgani haqida ko‘rsatkichli ma’lumotlar keltirilgan. Birgina 2023 yilda eksport hajmi 24 milliard AQSh dollarini tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 64 foizga oshganligi e’tirof etiladi.

"So‘nggi olti yil ichida O‘zbekiston o‘z eksporti geografiyasini 33 ta yangi mamlakatga kengaytirdi va umumiy xorijiy bozorlar sonini 115 taga yetkazdi, - deya ta’kidlaydi Hello Magyar. - O‘zbekiston mahsulotlari ilk bor Peru, Panama, Meksika, Dominikan Respublikasi, Argentina, Albaniya, Serbiya, Finlandiya, Lyuksemburg va boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqdi".

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimida asosiy e’tibor korxonalarni eksport faoliyatiga jalb qilishga qaratilmoqda. "Masalan, o‘tgan yili 3 mingga yaqin mahalliy kompaniya eksport faoliyatiga qo‘shildi, joriy yilning yanvar-oktabr oylari oralig‘ida esa 2450 ta kompaniya ilk bor tashqi bozorlarga chiqib, 1 milliard AQSh dollarlik mahsulot eksport qildi", - deyiladi maqolada.

Ko‘proq yangiliklar: