LexAI huquqiy chat-boti yaratildi

Fan-texnika 15:18 / 17.01.2025 3225

Adliya vazirligi bilan hamkorlikda LexAI huquqiy chat-boti yaratildi. Ushbu loyiha davlat budjeti ishtirokisiz, to‘liq bepul amalga oshirilgan.

Bugungi kunda chat-botning birinchi funksiyasi huquqiy masalalarga tezkor javob berish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Yaqin orada ishga tushiriladigan funksiyalar:

  1. Hujjat loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish – qonunchilik hujjatlari loyihalarini onlayn baholash imkoniyati;
  2. Huquqiy amaliyotni tahlil qilish – foydalanuvchilarning bergan huquqiy keyslarini tahlil qilish orqali javob taqdim etish;
  3. Hujjat loyihalarini tayyorlash – mustaqil hujjat tayyorlash konstruktori.

Nega bu loyiha muhim?

Hozirgi kunda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida:

  • 48 mingdan ortiq hujjatlar mavjud,
  • amaldagi hujjatlar soni – 34 mingdan ortiq,
  • yaxlit hujjatlar – 28 mingdan,
  • o‘zgartirish va qo‘shimchalar nazarda tutuvchi hujjatlar – 5 700 dan ziyod.

Chat-botning bilimlar bazasi 604 million belgidan ortiq bo‘lib, ushbu platformani yaratishda huquq va IT sohasidagi tajribali mutaxassislar 5 oydan ortiq vaqt davomida ishlashgan. Shu bilan birga, barcha texnologiyalar Open source manbalaridan foydalanmasdan, butunlay mustaqil ishlab chiqilgan.

Chat-bot hozirda sinov rejimida va huquqshunos-mutaxassislar tomonidan tekshirilmoqda. Tez orada barchaga ochiladi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy bilimlarni yanada oson va tezkor yetkazib berish uchun mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: