Dekabrda ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishi davom etdi
2024 yilning dekabr oyida ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasayishda davom etdi va bu o‘rtacha narxlarda o‘z aksini topgan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tahlilida ma’lum qilindi.

2024 yilning dekabr oyida ko‘p va o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobil narxlari noyabr oyiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilganlar narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Xususan:
- Onix: o‘rtacha foydalanilgan – 3.6 foizga (14 ming dollardan 13 500 dollarga), ko‘p foydalanilgan – 4,4 foizga (13 600 dollardan 13 ming dollarga);
- Lacetti: ko‘p foydalanilgan – 1,3 foizga (13 500 dollardan 13 327 dollarga);
- Cobalt: o‘rtacha foydalanilgan – 1.6 foizga (12 500 dollardan 12 300 dollarga), ko‘p foydalanilgan – 0,8 foizga (11 800 dollardan 11 700 dollarga);
- Nexia: o‘rtacha foydalanilgan – 0.9 foizga (11 500 dollardan 11 400 dollarga);
- Spark: o‘rtacha foydalanilgan – 1 foizga (10 400 dollardan 10 300 dollarga); ko‘p foydalanilgan – 0,5 foizga (9 346 dollardan 9 300 dollarga);
- Damas: o‘rtacha foydalanilgan – 1.2 foizga (8 100 dollardan 8 ming dollarga), ko‘p foydalanilgan – 1 foizga (7 503 dollardan 7 300 dollarga) arzonlagan.
Mazkur davrda Malibu hamda Tracker avtomobil narxlari pasaygan bo‘lsa, Equinox narxida biroz oshish kuzatildi.
Yangi BYD E2 (17 100 dollar) va Song Plus EV Champion (28 500 dollar) elektromobillari 1,7 foizga, BYD Han (32 500 dollar) hamda Yuan Up (21 ming dollar) elektromobillari mos ravishda 1,2 foiz va 1,9 foizga arzonladi.
O‘rtacha foydalanilgan elektromobillardan BYD E2 (15 970 dollar) va Han (34 500 dollar) o‘rtacha narxlari mos ravishda 0,8 foiz va 4,2 foizga pasaygan bo‘lsa, BYD Song Plus EV Champion (26 600 dollar) hamda Yuan Up (20 500 dollar) narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ko‘p foydalanilgan BYD E2 (15 250 dollar), Han (31 750 dollar) va Song Plus EV Champion (24 050 dollar) o‘rtacha narxlari esa mos ravishda 3 foiz, 1,8 foiz va 5,3 foizga qimmatlashdi.
Chevrolet Monza va Kia Sportage o‘rtacha narxlari pasaygan bo‘lsa, Kia K5, Seltos va Hyundai Tucson avtomobili o‘rtacha narxlarida o‘sish kuzatildi.
Mavzuga oid

10:04 / 08.03.2025
Utilizatsiya yig‘imining oshirilishi. Bu O‘zbekistondagi ekologik vaziyatni yomonlashtiradi

14:17 / 27.02.2025
Xitoylik erkak bolalar o‘yinidan Maserati avtomobilini yutib oldi

13:50 / 26.02.2025
O‘zbekistonda qaysi avtomobillar eng ko‘p ishlab chiqarilayotgani aytildi

19:48 / 19.02.2025