Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berishicha, Dehqonobod tumanida “D.K.” AJ qo‘riqchisi M.A. fuqarolar S.U. va Yo.I.ning ishonchiga kirib, ularni ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 2,5 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘lim hisobchisi Yu.H. fuqaro S.Z.ning ishonchiga kirib, uni ushbu tibbiyot birlashmasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 700 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, “Toshloqtumangaz” gazchisi M.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib fuqaro A.S.ni ushbu gaz ta’minoti korxonasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga muqaddam 1,7 mln so‘m va 500 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlandi.
Ushbu pullar hisobidan 640 dollarning qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.