Samarqanddagi Shirin shaharchasida yerusti metrosi quriladi

O‘zbekiston 16:55 / 14.01.2025 5494

Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari o‘zgartiriladi. Qonunchilik palatasi tegishli qarorni qabul qildi.

Palata xabarida aytilishicha, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilmoqda.

Mazkur tuman va shahar chegaralarining o‘zgarishi bilan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda 254 ta ko‘p qavatli uy-joy, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazi, 50 ta ijtimoiy soha obekti, 89 ta ko‘ngilochar va savdo kompleksi hamda tarixiy shaharcha barpo etiladi.

Hududda 112 km ichki yo‘l, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 6 km yer usti metro yo‘li, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikatsiya uchun tunnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi.

Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish to‘g‘risida 2023 yil iyulida prezident qarori qabul qilingan edi. Qarorda, shaharcha 2023-2030 yillarda 665 gektar maydonda qurilishi, davlat banklari loyihaga 100 mln dollar ekvivalentida kredit ajratishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: