"Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj o‘ziga qo‘riqlash xizmatini yolladi

Jahon 08:55 / 11.01.2025 3775

Isroilda yashovchi Rossiya internet giganti "Yandeks" asoschisi Arkadiy Voloj Rossiya prezidenti Vladimir Putin sirtdan unga «salomatlik tilagan»idan so‘ng hayotida birinchi marta qo‘riqlash xizmatini yolladi. Bu haqda 10 yanvar, juma kuni Voloj bilan suhbat o‘tkazgan Bloomberg agentligi xabar berdi. Gap biznesmenning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi haqidagi 2023 yilda qilgan bayonotiga Putinning javobi haqida ketmoqda.

Rossiyaning qo‘shni davlatga bostirib kirishi boshlanganidan deyarli bir yarim yil o‘tgach, Arkadiy Voloj bu haqda hech qanday izoh bermadi. Biroq, 2023 yil avgust oyida Volojning vakillari ommaviy axborot vositalariga uning urushni qoralagan bayonoti matnini e’lon qilishdi. Hujumni vahshiylik deb atagan tadbirkor «Ukraina uylariga har kuni bombalar uchib kelayotganidan dahshatga tushganini» aytdi. «Rossiyada 2014 yildan beri yashamasligimga qaramay, mamlakat harakatlari uchun o‘zimda ham ma’lum darajada mas’uliyat borligini tushunaman», dedi Voloj.

Vladimir Putin bir oy o‘tib, 2023 yil sentabrida bo‘lib o‘tgan Sharqiy iqtisodiy forumda Volojning so‘zlarini izohladi. «U Isroilda yashaydi, u yerda yaxshi darajada yashash va rasmiylar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish uchun muayyan bayonotlar berishga majbur bo‘ladi. Uzoq vaqt jim o‘tirgandi, keyin bayonot berishga qaror qildi. Unga salomatlik tilayman, u yerda yaxshi yashasin. Bu bizga unchalik qiziq emas», dedi Putin. Shu bilan birga, u Volojni iste’dodli shaxs deb atagan.

Putin avvalroq xuddi shunday tavsifni "Vagner" XHK asoschisi, keyinchalik Tver oblastidagi aviahalokatda vafot etgan Yevgeniy Prigojinga bergan edi, deb yozadi Bloomberg. Shu sababli, Putinning so‘zlaridan so‘ng, Voloj o‘zini «juda noqulay» his qildi va ko‘p o‘tmay — hayotida birinchi marta — qo‘riqlash xizmatini yolladi, deb yozadi agentlik.

«Yandeks» biznesi rossiyalik investorlar konsorsiumiga sotildi

Niderlandiyaning Yandex N.V. kompaniyasi «Yandeks» biznesini sotish bo‘yicha bitimni to‘liq yopdi va guruh aksiyadorlari tarkibidan chiqdi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati 15 iyul kuni. Hujjatda aytilganidek, 2024 yil 31 iyulga qadar Yandex N.V. nomini o‘zgartiradi va «Yandeks» brendlaridan foydalanishni to‘xtatadi.

Fevral oyida tuzilgan bitim summasi 475 milliard rublni tashkil etdi (taxminan besh milliard yevro). Uning shartlariga ko‘ra, «Yandeks»ning Rossiyadagi barcha biznesi va xorijdagi aksariyat loyihalari rossiyalik investorlar va menejerlar konsorsiumiga o‘tkaziladi. «Yandeks» yangi bosh kompaniyasi - MKPAO «Yandeks» - Kaliningrad viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan. «Yandeks» qidiruv, shahar, ko‘ngilochar va ta’lim xizmatlari, bulutli va sun’iy intellekt texnologiyalari, avtonom transport va boshqa istiqbolli yo‘nalishlarni rivojlantirishda davom etmoqda», — deyiladi press-relizda.

Bloomberg manbalariga ko‘ra, «Yandeks» asoschisi Arkadiy Voloj «Yandeks» bosh direktori etib tayinlanadi - Yandex N.V. shunday nom olishi kutilmoqda. Voloj hozirda Rossiyadan tashqarida to‘rtta yo‘nalishni rivojlantirmoqda – bulutli texnologiyalar, uchuvchisiz transport vositalari, sun’iy intellekt va dasturchilar uchun onlayn ta’lim. Kompaniyada asosan Rossiya Federatsiyasida qolishni istamagan sobiq «Yandeks» xodimlari ishlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: