Shoshilinch tibbiy yordam markazida 2 yoshli qiz qornidan 135 ta magnit sharcha olindi
2 yoshni qarshilayotgan farg‘onalik Samira Toirjonova magnit sharchalar bilan o‘ynab kelgan va shu jarayonda ulardan ancha-munchasini ichiga yutgan. Vaqt o‘tishi bilan sharchalar qornida yig‘ilib qolgan va uning hayotiga jiddiy xavf solgan.
Qizchaning ota-onasi zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona viloyati filialiga murojaat qilgan. Tekshiruvlar o‘tkazilganida qorinning ikki yonida magnitlar yig‘ilib qolgani aniqlangan.
Shifokorlar konservativ usulda davolashga kirishib, qayd qildirish orqali sharchalardan 14 donasini chiqarib olgan, ammo aksariyati ichkarida qolgan.
Vaziyat tezkor choralar ko‘rishni taqozo etgan. Shu bois ota-ona bolani Toshkentga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib keldi. Bu yerda go‘dak yana bir bor tekshiruvdan o‘tkazilgach, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi.
Shifokorlar sa’y-harakati bilan qizaloq qornidagi 135 ta magnit sharcha olindi.
To‘rt yarim soat davom etgan ushbu murakkab operatsiyani tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilov hamda markazning Nozim O‘rmonov, Dilmurod Sabirov kabi mutaxassislari amalga oshirdi.
Mavzuga oid

13:35 / 08.03.2025
Muayyan kasalliklari bor o‘quvchilarga transport xarajatlari to‘lab beriladi

16:32 / 27.01.2025
Andijonda qizini kaltaklab o‘ldirgan erkak jazolandi

09:56 / 23.01.2025
Farg‘ona viloyati IIB farzandini enaga kaltaklagan onaga munosib ish topib berishni va’da qildi

17:09 / 15.01.2025