Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden 15 yanvarda millatga xayrlashuv nutqi bilan chiqish qiladi
Oq uy press-relizida Baydenning murojaati tafsilotlari keltirilmagan, biroq xayrlashuv nutqi AQSh prezidentlik muddatini yakunlayotgan prezidentlar uchun an’anaga aylangan.

Foto: Getty Images
AQSh prezidentligidan ketayotgan Jo Bayden 15 yanvar kuni millatga xayrlashuv murojaati bilan chiqadi. Uning Oval kabinetdan chiqishi mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga (Toshkent vaqti bilan 16 yanvar 4:00) rejalashtirilgan, deb xabar berdi Oq uy rasmiy sayti 10 yanvar, juma kuni.
Press-relizda tafsilotlar keltirilmagan, ammo xayrlashuv nutqi AQShda lavozimini tark etayotgan prezidentlar uchun an’anaga aylangan. Shu tariqa, noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Oq uy rahbari etib saylangan Donald Tramp birinchi prezidentlik muddati yakunida xayrlashuv nutqining katta qismini o‘z ma’muriyati siyosatining muvaffaqiyatlari deb hisoblagan jihatlarga bag‘ishladi. Xususan, Tramp «birorta ham urush boshlamaganini», biroq ayni paytda Xitoyga to‘qnash kelganini va «AQShning boshqa davlatlar bilan ittifoqlarini tiklaganini» aytdi.
10 yanvar kuni Jo Bayden AQSh prezidenti sifatidagi so‘nggi suhbatlaridan birini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan o‘tkazdi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Bayden «Ukraina mustaqilligini saqlab qolish va himoya qilish butun Yevropa va demokratik dunyo uchun muhim» ekanini yana bir bor ta’kidladi. Uning millatga xayrlashuv murojaatda ham shu mavzuga to‘xtalishi kutilmoqda.
Avvalroq Jo Bayden AQSh yetakchisi sifatida Yevropa Ittifoqiga so‘nggi safarini bekor qilgandi — uning Italiyaga tashrifi 9-12 yanvar kunlariga mo‘ljallangan edi. Bunga Kaliforniyada davom etayotgan keng ko‘lamli yong‘inlar sabab bo‘ldi, Baydenning o‘zi mahalliy qutqaruvchilar bilan uchrashgandan so‘ng uni mintaqa tarixidagi eng dahshatlisi deb atadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gaz ballonlarini noqonuniy saqlab, mashinalarga quyib sotayotgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 11:50
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 11:30
-
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda
O‘zbekiston | 11:22
-
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda
Jahon | 11:06
Mavzuga oid

10:27
Tramp Ukrainaga Patriot komplekslari yetkazib berilishini e’lon qildi

08:01
Tramp immigratsiya va bojxona politsiyasiga «to‘liq vakolat» taqdim etdi

21:29 / 13.07.2025
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi

19:50 / 13.07.2025