2024 yilda Ukraina huquq-tartibot idoralari tomonidan harbiy xizmatchilarning harbiy qism yoki xizmat joyini ruxsatsiz tark etishi (Ukraina Jinoyat kodeksining 407-moddasi) bo‘yicha 66,2 mingta yangi jinoiy ish ro‘yxatga olingan. Bu haqda Bosh prokuror ofisi ma’lumot berdi. Dezertirlik (Jinoyat kodeksining 408-moddasi) moddasi bo‘yicha 23,2 mingta yangi tergov ochildi.
Shu tariqa, har ikki modda bo‘yicha jinoiy ishlar soni bir yilda 3,7 baravarga oshdi, bu esa armiyadan qochishni eng keng tarqalgan jinoyatga aylantirdi – ular Ukrainada qayd etilgan barcha jinoyatlarning 22 foizini tashkil qiladi.
Jinoyat ishlarining soni bo‘yicha harbiy qism yoki xizmat joyini ruxsatsiz tark etish an’anaviy eng ko‘p uchraydigan o‘g‘rilik (55,6 ming), firibgarlik (deyarli 65 ming) va urush tufayli nihoyatda ko‘p sonli qasddan odam o‘ldirish (52,2 ming)ni ortda qoldirdi.
Rossiya harbiylari yana besh asirni o‘ldirishda ayblandi
Ukrainada rossiyalik harbiylar tomonidan asirlarning navbatdagi qatl etilishi tekshirilmoqda. Bu safar gap jangovar harakatlar olib borilayotgan ikki xil joyda: Neskuchnoye qishlog‘ida va Donetsk oblasti Volnovaxa rayoni Vremevka qishlog‘ida sodir bo‘lgan ikkita holat haqida ketyapti. Bu haqda 6 yanvar kuni Donetsk oblasti prokuraturasi Telegramʼda uch kun avval rus qo‘shinlari tomonidan Vremevka hududidagi Ukraina istehkomlari egallab olingani va undan keyingi voqealar haqida ma’lum qildi.
«Shundan so‘ng, dushman bo‘linmasi xalqaro gumanitar huquq normalarini ataylab buzgan holda, ikki himoyachining boshiga o‘q uzdi. Okkupantlar askarlarning o‘lganiga ishonch hosil qilishga qaror qilishdi va ularga yana bir necha marta o‘q uzdilar», deyiladi hisobotda. Hozirda tergovchilar jinoyat holatlarini o‘rganmoqda va ishtirokchilarni aniqlash bilan band.
O‘z navbatida, Ukrainaning Deep State Telegram-kanaliga ko‘ra, bu xuddi shu kuni, 3 yanvarda Neskuchnoye qishlog‘i yaqinida suratga olingan dron tasvirlari bilan tasdiqlangan. «Jangchilar taslim bo‘lishdi, ularning qo‘llarini bog‘lashdi, pozitsiya oldiga olib chiqishdi va boshiga o‘q uzishdi», deyiladi xabarda.