Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: Tramp jamoasi Ukrainaga nisbatan yondashuvni qayta ko‘rib chiqmoqda
Nashrning qayd etishicha, AQSh saylangan prezidentining sheriklari Ukrainadagi urushni qanday tugatish haqida hali qaror qabul qilgani yo‘q. Trampga yaqin doiralar ularning Ukraina bo‘yicha qarorlari Afg‘onistondan qochgan AQSh bilan o‘xshab ketishi mumkinligidan xavotirda.

Foto: AFP
9 yanvar, payshanba kuni Britaniyaning Financial Times (FT) gazetasi manbalarga tayanib yozishicha, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp jamoasi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini to‘xtatish bo‘yicha o‘z yondashuvini qayta ko‘rib chiqmoqda.
Nashr so‘nggi haftalarda Tramp jamoasi bilan urushni tugatish ehtimolini muhokama qilayotgan Yevropa rasmiylari bilan suhbatlashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar davomida AQSh saylangan prezidentining ittifoqchilari bu mojaroni qanday hal qilish bo‘yicha hali qaror qabul qilmagani ma’lum bo‘ldi.
«Trampning butun jamoasi kuchga berilgan, kuchli ko‘rinishga ega bo‘lishni o‘ylayapti, shuning uchun ular Ukrainaga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqmoqdalar», dedi FT manbalaridan biri. Kelajakdagi Tramp ma’muriyati Ukraina bo‘yicha qarorlari AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden davrida Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan «halokatli» olib chiqib ketilishi bilan solishtirilishi mumkin, deb xavotirda, deya qo‘shimcha qildi u.
Tramp endi urushni uch oy ichida hal etishga umid qilmoqda
Donald Tramp va uning hamkorlari, deya ta’kidlaydi FT, so‘nggi kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush AQShning saylangan prezidenti inauguratsiyasidan keyin bir necha oy ichida qanday yakunlanishi mumkinligi haqida gapirmoqda. Saylov kampaniyasi davomida Tramp mojaroga «24 soat»da barham berishni va’da qilgan edi.
Endi Tramp yaqin olti oy ichida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishini taxmin qilmoqda. O‘z navbatida, saylangan prezident tomonidan Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus elchi lavozimiga nomzodi ilgari surilgan Kit Kellog Tramp «yaqin kelajakda» urushni tugatish uchun «maqbul yechim» taklif qila olishini aytdi. Kellogga ko‘ra, bunda 100 kunlik muddat belgilanishi mumkin.
AQSh Ramshtaynda Ukrainaga yangi yordam paketini e’lon qiladi
AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Pentagon rahbari Lloyd Ostinning Ramshtayndagi Ukraina bo‘yicha aloqa guruhida ishtirok etish uchun Germaniyaga tashrifi doirasida Kiyevga so‘nggi harbiy yordam paketini e’lon qilmoqchi. Bu haqda 7 yanvar kuni ikki yuqori martabali amerikalik amaldor so‘zlariga tayanib, AP axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlari yordam paketining aniq miqdorini aytmadi va bu «sezilarli» bo‘lishini ta’kidladi. Ayni paytda, rasmiylarga ko‘ra, u Ukrainaga yordam uchun Kongress tomonidan tasdiqlangan mablag‘ning bir qismi sifatida qolgan taxminan 4 milliard dollar miqdoridagi barcha mablag‘ni o‘z ichiga olmaydi. Oq uyning yangi rahbari Donald Trampning mudofaa guruhi ixtiyorida «bir necha milliard dollar» qolishi mumkin, dedi AQSh ma’muriyati rasmiylari Lloyd Ostin bilan safarga ketayotgan jurnalistlar uchun brifingda.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga jalb qilingan Pentagon rasmiylari Trampning o‘tish guruhi bilan «muhim deb hisoblagan barcha masalalarni» muhokama qilmoqda, deya ta’kidladi rasmiylardan biri.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
Jahon | 16:18
-
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
O‘zbekiston | 16:00
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
Mavzuga oid

15:14
Ukrainadagi urushda 66 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi – BBC

14:43
AQSh senatori Grem: Ukrainadagi urush burilish nuqtasiga yaqinlashmoqda

13:55
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi

10:27