Dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston 12:29 / 10.01.2025 14226

Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Harorat kechasi 0…–3 daraja, ba’zi joylarda –5 darajagacha, kunduzi +6…+11 darajagacha bo‘ladi. Qoraqalpog‘istonda kechasi –5...–10 daraja, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqiy yo‘nalishdan yengil va o‘rtacha tezlikda esadi.

Toshkentda biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz havo bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0...–3 daraja, kunduzi +8...+11 daraja bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: