100 ming gektar yer maydonlari aholiga ijaraga beriladi

O‘zbekiston 11:51 1925

Prezidentning “O‘zbekiston–2030 strategiyasini Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va aholini doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash maqsadida:

  • paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirishdan bo‘shagan kamida 100 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berish orqali 200 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi;
  • tuproq agrokimyoviy tahlillarini o‘tkazish maqsadida 100 ta portativ-mobil laboratoriyani xarid qilish ta’minlanadi;
  • organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlari 10 ming gektarga yetkaziladi.

Mazkur bandning ijrosini ta’minlashga mas’ul etib qishloq xo‘jaligi vaziri – I.Abdurahmonov belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: