G‘azo sektorida 7 oktyabr kuni garovga olingan shaxsning jasadi topildi
Yusuf az-Ziyodning jasadi G‘azo sektori janubida Rafah hududidagi tunneldan topilgan. TSAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘ldirilgan.

Foto: IDF/Xinhua/picture alliance
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) G‘azo sektorida 2023 yil 7 oktyabr kuni Falastinning Hamas guruhi tomonidan Isroilga hujum paytida garovga olingan shaxsning jasadini topdi, deb xabar berdi Isroil harbiylari o‘zining Telegram-kanalida 8 yanvar, chorshanba kuni.
TSAHAL ma’lumotlariga ko‘ra, Yusuf az-Ziyodnning jasadi G‘azo sektori janubida Rafah shahri yaqinidagi tunneldan topilgan. Uning o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda. Shuningdek, uning o‘g‘li Hamza az-Ziyodnning tirikligi haqida savol tug‘diruvchi material aniqlangani xabar qilingan.
Ayni paytda Isroilning qator ommaviy axborot vositalari, shuningdek, Isroil tashqi ishlar vaziri Isroil Kats Hamza az-Ziyodning ham jasadi topilganini yozmoqda. TSAHAL rasmiy bayonotida bu haqda aytilmagan.
Hamas jangchilari Isroilga hujumi chog‘ida az-Ziyodlar oilasining to‘rt a’zosini garovga oldi. Ulardan ikki nafari – Yusufning o‘g‘li va qizi ozodlikka chiqqan. Oila badaviylar jamoatiga tegishli.
G‘azo sektorida qolgan garovga olinganlar soni – agar Hamza az-Ziyodning o‘limi tasdiqlansa – 99 kishi bo‘ladi. Ulardan qanchasi tirikligi noma’lum. Qatar va Misr vositachiligida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
BAA Isroil va AQSh bilan G‘azo sektoridagi boshqaruvni muhokama qildi
Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Isroil va Qo‘shma Shtatlar bilan Isroil qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan keyin va Falastin milliy ma’muriyati to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga olmaguncha, G‘azo sektorini vaqtinchalik boshqarishda ishtirok etish masalasini muhokama qildi. Bu haqda 7 yanvar kuni o‘nlab xorijiy diplomatlar va G‘arb rasmiylariga tayanib, Reuters xabar berdi.
BAA AQShning xavfsizlik bo‘yicha yaqin hamkori bo‘lib, Isroil bilan diplomatik aloqalarni davom ettirib, bosh vazir Binyamin Netanyahu hukumatiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi, deya ta’kidladi agentlik.
Uning manbalariga ko‘ra, parda ortidagi muzokaralar davomida Abu-Dabidagi siyosatchilar mustaqil Falastin davlati doirasida G‘azo sektori, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddus ustidan doimiy nazoratni ta’minlash uchun Falastin milliy ma’muriyatini isloh qilish tarafdori bo‘lgan.
«BAA Falastin ma’muriyatini jiddiy isloh qilish, uning vakolatlarini kengaytirish va Falastin davlatini yaratish bo‘yicha ishonchli yo‘l xaritasini ishlab chiqishni o‘z ichiga olmagan hech qanday rejada ishtirok etmaydi», dedi Birlashgan Arab Amirliklari vakili. Uning fikricha, bu elementlar hozir yo‘q, lekin u G‘azodagi janglar tugaganidan keyin har qanday rejaning muvaffaqiyati uchun zarur.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
-
AQShda ona va o‘g‘il bir vaqtda universitetni tamomladi
Jahon | 23:18 / 10.05.2025
-
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi
Jahon | 22:28 / 10.05.2025
-
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
Jamiyat | 22:20 / 10.05.2025
Mavzuga oid

08:45 / 15.04.2025
TSAHAL G‘azodagi urush strategiyasini radikal o‘zgartirdi

12:50 / 06.03.2025
Isroil armiyasiga yangi qo‘mondon tayinladi va G‘arbiy sohildagi amaliyotlarni faollashtirdi

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

12:12 / 04.03.2025