Amaldorlarning korrupsiyaga moyilligi tekshirilishi mumkin

O‘zbekiston 21:04 / 09.01.2025 7954

Mazkur yangi tizim rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlar va ushbu lavozimlar uchun zaxirada turganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasini baholash orqali amalga oshiriladi, deya yozdi Burhonov Telegram'dagi kanalida.

“Bu – davlat xizmatiga adashib yoki noqonuniy boylik orttirish maqsadida kirib kelganlarni aniqlash, shuningdek, davlat idoralariga halol kadrlarni tanlab olish imkonini beradi”, – deydi agentlik direktori.

Akmal Burhonov korrupsiyaga moyillik aynan qanday qilib baholanishi borasida qo‘shimcha tafsilotlarni keltirmagan.

Avvalroq Kun.uz Guliston shahar hokimining sobiq o‘rinbosari xitoylik investorlarni chuv tushirgani uchun 9 yilga qamalgani, ayni paytda Romitan tumani hokimi o‘rinbosari ham firibgarlikda ayblanayotgani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: