Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi Tiraspolni Kishinyovdan gazni olishga chaqirdi
Rossiya Federatsiyasidan gaz yetkazib berish to‘xtatilganidan so‘ng Dnestrbo‘yidagi energetika inqirozi fonida Bryussel Tiraspolni Kishinyovdan gaz va gumanitar yordamni qabul qilishga chaqirmoqda. Yevropa Ittifoqi Moldova bilan qo‘shma ishchi guruh tuzdi.

Foto: Vladislav Bachev/REUTERS
Yevropa Ittifoqi tan olinmagan Dnestrbo‘yi hukumatini «Gazprom» Dnestrbo‘yiga gaz yetkazib berishni to‘xtatganidan so‘ng yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida Moldovaning energiya ta’minoti bo‘yicha takliflarini bloklashni bas qilishga chaqirdi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vakili Anitta Xipper ma’lum qildi, deb yozadi 7 yanvar, seshanba kuni Politico.
«Bizga ma’lum bo‘lishicha, Moldova hukumati Dnestrbo‘yiga allaqachon energiya va insonparvarlik yordamini taklif qilgan, biroq hozircha u qabul qilinmagan, - degan Xipper. - Biz Tiraspolni Kishinyov bilan hamkorlik qilishga chaqiramiz, vaziyat mahalliy aholi manfaatlariga mos keladi».
Yevropa Ittifoqining energiya va uy-joy masalalari bo‘yicha vakili Anna-Kaysa Itkonenning so‘zlariga ko‘ra, Bryussel Moldova Respublikasi bilan ishchi guruh tuzgan va «mintaqadagi o‘ta jiddiy vaziyatni kuzatmoqda».
Shu bilan birga, Tiraspoldagi «hokimiyat» Moldova hukumati matbuot kotibi Daniel Voda rasmiy hujjat taqdim etganiga qaramay, Kishinyov Dnestrbo‘yi mintaqasiga yordam taklif qilganini rad etdi, deb yozadi Moldovaning Point nashri. Voda xabariga ko‘ra, bu taklif rad etilgan.
Kishinyov energetika inqirozi haqidagi bayonotlari uchun rossiyalik diplomatni chaqirtirdi
Moldova Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga energetika inqirozi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi sababli Rossiya elchixonasi vakili chaqirildi. Bu haqda 6 yanvar kuni Moldova TIV matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Murojaatda aytilishicha, Kishinyov «Moldova jamiyatini parchalashga va Dnestrbo‘yi mintaqadagi energetika inqirozining asl kelib chiqishini yashirishga qaratilgan yolg‘on bayonotlarni keskin qoralaydi». Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi tarqatgan ma’lumotni «jamoat fikrini manipulyatsiya qilish va aybni Kishinyov yoki Kiyev zimmasiga yuklash urinishi» deb atadi.
Tashqi ishlar vazirligi Dnestrbo‘yi hududiga gaz yetkazib berish uchun javobgarlik to‘liq Rossiya va o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmagan va uzluksiz gaz yetkazib berishni ta’minlash uchun foydali yechimlarni taklif eta olmagan «Gazprom» konserni zimmasiga tushishini ta’kidladi. «Yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror sof siyosiy xususiyatga ega va Moldova Respublikasini beqarorlashtirishga qaratilgan», — deyiladi bayonotda.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:39 / 10.07.2025
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda

13:54 / 05.07.2025
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi

15:24 / 04.07.2025
Estoniyada ikki moldovalik diversiya uchun qamaldi

14:09 / 17.04.2025