Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston O‘zbekistonda uy-joylar qurishda ishtirok etishni rejalashtiryapti
Pokistonning Karachi shahridagi "Korangi" sanoat zonasidagi tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tadbirda Sind viloyati Investitsiya kengashining rahbariyati, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, plastik quvurlar va qurilish mahsulotlari, to‘qimachilik, fuqaro aviatsiyasi va kargo sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalarning boshliqlari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar bilan O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida qayd etilgan sohalarda manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mexanizmlari va shartlari muhokama qilindi.
Biznes-forum doirasida, shuningdek, Buxoro, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining investitsion loyiha takliflari taqdimoti o‘tkazildi, tegishli katalog, broshyura, tizer va boshqa materiallar tarqatildi.
Tadbirkorlar sanoat ishlab chiqarish jarayonida ishlatiluvchi xom-ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni O‘zbekistondan yetkazib berish, mamlakatimizda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirib, mazkur yo‘nalishdagi jarayonlarni tizimlashtirish borasida qator takliflarni ilgari surishdi.
"Pokiston va O‘zbekiston biznes va sanoat doiralari o‘rtasidagi hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha tegishli harakatlar rejasini ishlab chiqishga bevosita tadbirkorlarning o‘zlarini va konsultativ tahlil markazlarini jalb qilish, tomonlarning manfaatini hisobga olgan holda takliflarni shakllantirish muhim hisoblanadi. Bu albatta ko‘rilayotgan choralarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi", - dedi Pokiston biznes guruhlar tashkiloti raisi Faraz ur-Rehman.
SA Group of Companies rahbari Saman Abid qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni Karachi va O‘zbekiston hududlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirishning yangi yo‘nalishi sifatida qayd etdi.
Roshan Builders and Developers kompaniyasi raisi Vasim ur-Rehman O‘zbekistonda uy-joy va ijtimoiy komplekslarni qurishda ishtirok etish, developerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirayotganini, mahalliy hamkor topilsa, birgalikda ishlash shartlarini kelishishga tayyorligini bildirdi.
Karachi biznes doira vakillari tashabbusiga ko‘ra, tomonlarga maqbul muddatlarda Toshkent yoki Karachi shahrida biznes-forum va B2B shaklida muzokaralarni tashkillashtirishga kelishildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya birinchi marta HIMARS yordamida jangovar o‘t ochishni amalga oshirdi
Jahon | 17:10
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
Mavzuga oid

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

10:41 / 08.07.2025
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti

08:22 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

15:19 / 07.07.2025