Kecha, 6 yanvar kuni soat 18:40 da Jizzax viloyati Jizzax shahri, Ittifoq mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning birida bolakay ehtiyotsizlik oqibatida kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida bolakay sog‘-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.
Hozirda uning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.