Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eksportni qo‘llab-quvvatlash choralari JST talablariga muvofiqlashtiriladi
Prezident "Eksportni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarining Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Foto: Kun.uz
Prezidentning 7 ta hujjatiga quyidagilarga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda:
- eksportni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish;
- eksport qiluvchi tashkilotlarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida tashish xarajatlarini qoplashni bekor qilish.
Shu bilan birga, eksport qiluvchi tashkilotlarning 2024 yil 31 dekabrgacha amalga oshirilgan eksporti uchun subsidiya va kompensatsiyalar 2025 yil 1 fevralgacha belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ilgari bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni 12.01.2018 y. PQ-3472-son 10-b. "a" bojxona rasmiylashtiruvi paytida ishlab chiqarilganiga 3 yildan 7 yilgacha bo‘lgan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar hisobidan olib kiriladigan texnologik uskunalarga nisbatan ham qo‘llashga ruxsat berilgan edi.
Kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan, mazkur imtiyozlar texnologik uskunalar olib kirilgan kundan boshlab dastlabki 2 yil ichida ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida texnologik uskunalar xarid qilish uchun imtiyoz qo‘llanilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi sharti bilan qo‘llanilishi aniqlashtirildi.
Mavzuga oid

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025
UzAuto Motors'ning sof foydasi keskin kamaydi. Nega?

15:47 / 07.07.2025