O‘zbekistonliklar uchun Germaniya vizasini onlayn olish imkoniyati paydo bo‘ldi
Germaniya bu imkoniyatni ko‘plab davlatlar fuqarolari uchun joriy qilgan. Ular orasida O‘zbekiston ham bor.
2025 yil 1 yanvardan boshlab Germaniya butun dunyo bo‘ylab Konsullik xizmatlari portalini ishga tushirdi. Shu tariqa ko‘plab davlatlarda Germaniyaga vizaga onlayn ariza topshirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu haqda Germaniya TIV xabar bermoqda.
Jumladan, Germaniyaning dunyo bo‘ylab 167 ta viza bo‘limi raqamli tizimga o‘tadi. Ushbu davlatlar qatorida O‘zbekiston ham bor. Xizmat 28 turdagi vizalarga amal qiladi.
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbokning aytishicha, Germaniyaga har yili kamida 400 ming nafar malakali ishchi kerak bo‘ladi.
Shu sababli xorijdan malakali ishchilarni jalb etishda zamonaviy va raqamli xizmat ko‘rsatadigan Konsullik xizmatlari portali ishga tushirilgan.
“Bu jarayon uzoq vaqt davom etadigan qog‘ozbozlikni bartaraf etib, Germaniyani ishchi kuchi va talabalar uchun yanada jozibador qiladi”, degan Annalena Berbok.
1 yanvardan boshlab Germaniyada ishlash yoki o‘qish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ham Konsullik xizmatlari portali yordamida viza olish uchun onlayn tarzda murojaat qilishi mumkin. Endi ariza topshirishda pochta orqali hujjat yuborishga hojat qolmaydi.
Mavzuga oid

12:45 / 10.03.2025
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025