Germaniya suriyalik qochqinlar uchun himoya maqomini bekor qiladi

Jahon 22:52 / 05.01.2025 2052

Hujjat to‘rt banddan iborat bo‘lib, u Germaniyada yashash uchun asosga ega bo‘lmaganlarni himoyalangan shaxslar maqomidan mahrum qilishni nazarda tutadi.

«Qonunda ko‘rsatilganidek, Suriyadagi vaziyat barqarorlashgani munosabati bilan Germaniyada bunday himoyaga ehtiyoj qolmasa, Migratsiya va qochqinlar bo‘yicha federal idora berilgan himoyani ko‘rib chiqadi hamda bekor qiladi», — deydi Fezer.

Uning ta’kidlashicha, ta’lim yoki ish kabi boshqa sabablarga bilan mamlakatda qolish huquqiga ega bo‘lmagan va o‘z ixtiyori bilan Suriyaga qaytishni istamaganlar uchun bunday maqom bekor qilinadi.

IIV rahbarining qayd etishicha, rejaning ikkinchi bandi muvaffaqiyatli integratsiyalashgan qochqinlarga mamlakatda qolishga ruxsat berishni nazarda tutadi. Vataniga qaytishni istaganlar uchun davlat qo‘llab-quvvatlov dasturini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Rejaning so‘nggi bandida esa jinoyatchilarni zudlik bilan deportatsiya qilish choralari keltirilgan.

BMTning Qochqinlar ishlari bo‘yicha agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2011 yili Suriyada fuqarolik urushi boshlanganida mamlakat aholisi dunyoning 130 davlatiga qochib ketgan. Ularning aksariyati Turkiya, Livan, Iordaniya, Iroq va Misrdan qo‘nim topgan, yana milliondan ortig‘i — Yevropada.

Avvalroq Avstriya hukumati o‘z vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan pul to‘lashi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: