Andijonda mashina tomini teshib, unga isitish pechi o‘rnatgan shaxsga chora ko‘rildi
Bloger mashina ichiga o‘rnatilgan isitish pechida olov yoqib, choy qaynatgan va shu holatda mashinani boshqargan.

Foto: IIB YHXB
Ijtimoiy tarmoqlarda blogerlardan biri yengil mashina tomini teshib, unga isitish pechi o‘rnatgani tasvirlangan video tarqaldi.
Hodisa 2024 yil 2 yanvar kuni sodir bo‘lgan. Bloger o‘zining Kia K5 rusumli shaxsiy mashinasining tom qismini teshib, unga isitish pechi o‘rnatgan.
So‘ng isitish pechini yoqib, unda choy qaynatgan va shu holda mashinani ko‘chalarda boshqargan.
IIV axborot xizmatining xabar berishicha, blogerning ushbu ishlari yo‘l harakati qoidalarini buzish hamda jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimaslik hisoblanadi. Shuningdek, u transportda xavfsizlik qoidalariga amal qilmagan.
“Bu kun” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, Andijon viloyati IIB YHXB xodimlari tezkor surishtiruv o‘tkazib, qoidabuzar blogerni topgan.
So‘ng unga nisbatan MJtKning tegishlari moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Mashina vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Shuningdek, qoidabuzarga nisbatan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan ham MJtKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid

21:00 / 13.02.2025
Ozodbek Nazarbekov – Bobur obrazida

13:34 / 13.10.2024
Andijonda sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

15:18 / 18.02.2024
O‘zbekistonning turli hududlarida aholida qancha yengil mashina borligi ochiqlandi

08:24 / 09.04.2018