SpaceX BAAga tegishli sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
Thuraya 4 sun’iy yo‘ldoshi Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikada mobil aloqani taqdim etishga mo‘ljallangan.

Foto: SpaceX
SpaceX kompaniyasi 3 yanvar kuni Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan start maydonchasidan Thuraya 4 aloqa sun’iy yo‘ldoshi yuklangan Falcon 9 tashuvchi raketasini orbitaga uchirdi.
Thuraya 4 sun’iy yo‘ldoshi BAAdagi Space42 kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikada mobil aloqani taqdim etishga mo‘ljallangan. U ham tijorat, ham davlat ehtiyojlariga xizmat qiladi, yuqori texnologiyali aloqa xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi.
Missiya doirasida uchirilgan Falcon 9 ning birinchi pog‘onasi 20-marotaba parvozni amalga oshirib, Yerga muvaffaqiyatli qaytgan — u Atlantika okeanidagi A Shortfall of Gravitas nomli platformaga qo‘ngan.
Parvoz boshlanganidan 35 daqiqa o‘tib Thuraya 4 sun’iy yo‘ldoshi raketaning ikkinchi pog‘onasidan ajralgan va geostatsionar uzatish orbitasiga chiqarilgan.
Thuraya 4 sun’iy yo‘ldoshi Airbus tomonidan ishlab chiqarilgan. Uning konstruksiyasida yangi innovatsion servislardan foydalanish imkoniyatini taqdim etuvchi sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalanilgan. Yahsat Space Services bosh direktori Ali Al Hoshimining so‘zlariga ko‘ra, ushbu texnologiyalar foydalanuvchilar uchun yangi yechimlarni yaratishda muhim qadam hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Falcon 9 tashuvchi raketasi 31 dekabr kuni Starlink internet qoplamasi tizimining global tarmog‘i uchun yana 21 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:53 / 07.03.2025
Starship raketasi ketma-ket ikkinchi marta sinov paytida portladi

21:59 / 24.02.2025
NASA va SpaceX xavfli asteroidlarni kuzatuvchi teleskopni uchiradi

16:33 / 24.02.2025
Dubay valiahd shahzodasi dunyodagi eng baland binodan parashyutda sakradi

14:11 / 15.02.2025