Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligini monitoring qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi.
Hukumat qarori bilan «Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
- masofadan monitoring qilish asoslari;
- masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari;
- masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish;
- masofadan monitoring qilish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan ta’sir choralarini qo‘llash.
Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi.
Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda o‘tkaziladi. Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlangani yoki o‘tkazilayotgani haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi).
Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) bo‘yicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi.
Ma’lumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi agentlikning huquqiy ta’sir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.
Huquqiy ta’sir hujjati davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan sanadan e’tiboran 10 kun muddatda ko‘rib chiqilishi va natijasi bo‘yicha agentlikka yozma axborot berilishi shart.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gematologik kasalliklarga chalinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:15
-
Xususiy tashkilotlarga G‘azoga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berildi
Jahon | 09:07
-
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:55
-
YeI Tramp bilan kelishuvni «eng yaxshi variant» deb hisoblayapti
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

10:33 / 23.06.2025
Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

16:52 / 07.05.2025
Noshaffof xususiylashtirishlar. Bu yana davom etadimi?

21:57 / 26.04.2025