Ukraina Xalqaro jinoiy sudning to‘laqonli a’zosi bo‘ldi
Xalqaro jinoiy sud binosida ko‘k va sariq rangdagi Ukraina bayrog‘i o‘rnatildi.

Foto: Getty Images
Ukraina Xalqaro jinoiy sud (XJS) Rim Statutining 125-a’zosi bo‘ldi. Sud binosida XJS a’zo davlatlari bayroqlari orasida ko‘k va sariq rangli Ukraina bayrog‘i o‘rnatildi.
Xalqaro jinoiy sud - xalqaro jinoyatlarni sodir etishda ayblangan shaxslarni tergov qilish, ta’qib qilish va javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanadigan doimiy xalqaro suddir.
XJS Rim statutining to‘laqonli a’zosi bo‘lgan Ukraina a’zo davlatlar Assambleyasida ishtirok etishi, ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritishi, XJS budjetini taqsimlash bo‘yicha ovoz berish, sudyalar saylovida ishtirok etishi, Rim statutiga o‘zgartirishlar ishlab chiqish huquqiga ega bo‘ladi. Bu Ukrainaning xalqaro maydondagi rolini kuchaytiradi va xalqaro adliya tizimini yaxshilaydi.
Ukraina Rim statutini 2000 yilda imzolagan, ammo bu vaqt davomida uni ratifikatsiya qilmagan - 2015 yilda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi qarori bilan ratifikatsiya zarurati tan olingan bo‘lsa ham. Keltirilgan sabablardan biri XJS Ukraina fuqarolarini jinoiy javobgarlikka tortishi mumkinligidan xavotir edi.
Oliy Rada 2024 yil 21 avgust kuni Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilishni qo‘llab-quvvatladi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2024 yil 24 avgustda Rada tomonidan Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Mavzuga oid

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

16:59 / 10.03.2025