Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Carvon AYoQShlarida Ai-80 benzini 8150 so‘mgacha qimmatlashdi
Qay tariqa xususiylashtirilgani noma’lum bo‘lib qolayotgan mamlakatdagi eng yirik AYoQShlar tarmog‘ida Ai-80 markali benzinning narxi oxirgi 1 yilda 34 foizga oshdi. “O‘zbekneftgaz”ga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab Buxoro neftni qayta ishlash zavodining barcha turdagi neft mahsulotlari faqat birja orqali sotila boshlagan.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistondagi eng yirik AYoQShlar tarmog‘i bo‘lmish Carvon (sobiq UNG Petro) shoxobchalarida 1 yanvardan boshlab Ai-80 markali benzin narxi keskin oshdi.
Narx birdaniga 18,1 foizga qimmatlab, 1 litr uchun 6900 so‘mdan 8150 so‘mgacha ko‘tarilgan. Buning sababi borsida rasmiy izoh berilganicha yo‘q.
2024 yil 1 yanvardan boshlab, aksiz solig‘ bo‘yicha imtiyoz bekor qilingach, Ai-80 benzini narxi 6050 so‘mdan 6800 so‘mgacha oshgandi. Shu tariqa, joriy narx oshishi bilan, oxirgi bir yilda ushbu yoqilg‘i 33,9 foizga qimmatlashdi.
Ai-80 markali benzin Buxoro neftni qayta ishlash zavodida ishlab chiqariladi. Zavodga egalik qiluvchi “O‘zbekneftgaz” AJ 29 dekabr kuni bayonot berib, 1 yanvardan e’tiboran barcha turdagi neft mahsulotlari faqat birja orqali sotilishini ma’lum qilgan.
“2025 yil 1 yanvardan e’tiboran “Buxoro NQIZ” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha turdagi neft mahsulotlari, shu jumladan, avtobenzin ham faqat birja savdolari orqali erkin raqobat muhitida sotuvga chiqariladi.
Respublika aholisining avtobenzinga bo‘lgan talabini bir maromda qondirish masalasi davlat nazoratiga olingan bo‘lib, buning uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilgan”, – deyiladi “O‘zbekneftgaz” bayonotida.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, UNG Petro bir yil avval xususiylashtirilganiga qaramay, benzinni birjadan tashqari, ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri va imtiyozli narxlarda sotib olish imkoniga ega bo‘lgan.
“Qizig‘i, hali 2025 yil hisobidan birja biron kun ishlagani yo‘q va ilk savdolar 3 yanvar kuni o‘tkaziladi. Bu degani birjadan olingan benzin UNG Petro zapravkalarida faqat kelasi haftadan sotilishi mumkin. Demak, hozirgi 8 150 so‘mdan sotilayotgan benzin imtiyozli narxlarda va o‘tgan yili to‘g‘ridan to‘g‘ri olingan arzon benzinning qoldig‘i”, – deya yozgan Bakirov holatga Raqobat va Soliq qo‘mitalari munosabat bildirishi kerakligini qayd etgan.
Mamlakatdagi eng yirik AYoQShlar tarmog‘i xususiylashtirilgani boasida rasmiylar hamon izoh bermay kelmoqda. Jamoatchilik va OAV bu haqda 2024 yil 1 mart kuni xabar topgan edi.
Respublika bo‘ylab qariyb 70 ta benzin quyish shoxobchasi Petroleum Technology Group egaligiga o‘tgan. Kompaniyaga sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilov egalik qiladi.
Ko‘p o‘tmay Chinoz neftni qayta ishlash zavodi ham ushbu Petroleum Technology'ga o‘tgani oydinlashgan. Aktivlarning sobiq egasi bo‘lmish “O‘zbekneftgaz”, vakolatli organlar – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Raqobat qo‘mitasi va boshqa mas’ul idoralar haligacha ushbu xususiylashtirish jarayonlari borasida rasmiy ma’lumot bermagan. Aktivlar qachon, qancha narxga sotilgani, yoki umuman sotilganmi yoki boshqacha tarzda begonalashtirilganmi – noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
Mavzuga oid

12:22 / 20.07.2025
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?

22:51 / 17.07.2025
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi

20:58 / 15.07.2025
Birjada Ai-80 benzini narxi tarixiy maksimumga yetdi

11:06 / 15.07.2025