2025 yil uchun jismoniy shaxslarning mulk va yer solig‘i chegaralari belgilandi

Iqtisodiyot 16:23 / 30.12.2024 40391

«2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga ko‘ra, 2025 yilda uy-joy fondining ko‘chmas mulk obektlariga, shuningdek, ular egallab turgan yer uchastkalariga nisbatan:

- 2018 yilda belgilangan kadastr qiymati asosida hisoblangan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi 2024 yil uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi;

- jismoniy shaxslardan undiriladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun yer solig‘i summasi 2024 yilda hisoblab chiqarilgan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozim.

2025 yil 1 iyulgacha tarkibida shakar yoki boshqa shirinlashtiruvchi yoki xushbo‘ylashtiruvchi moddalar bo‘lgan ichimliklar ro‘yxatini shakllantirish, ular tarkibidagi shakar va boshqa moddalar miqdori hisobini yuritish va uni yangilab borish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqiladi.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning 2025–2027 yillar uchun budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq maqsadli indikatorlari tasdiqlandi.

Vazirlik va idoralar rahbarlari budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va maqsadli indikatorlarning to‘liq bajarilishi uchun shaxsan mas’ul hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: