Nikosiyada Kipr-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi tashkil etildi

O‘zbekiston 16:03 / 26.12.2024 360

Palata rahbari joriy yil iyul oyida O‘zbekistonga bo‘lib o‘tgan safarini yuqori baholadi.

"O‘zaro savdo va investitsiya sohasida hamkorlik uchun yuqori salohiyat mavjud. Shu nuqtayi nazardan, biz O‘zbekiston elchixonasi bilan hamkorlikda Kipr-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasini tashkil etish g‘oyasini ro‘yobga chiqarishdan juda ham mamnunmiz", – dedi u.

Shundan so‘ng, Kipr-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasining ilk ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur tadbirda assotsiatsiya ta’sischilari bo‘lgan Kipr Savdo va sanoat palatasi hamda kompaniyalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirning ochilish qismida Palata prezidenti Stavros Stavrou va O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev nutq so‘zladilar.

Elchi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar va savdo-investitsiyaviy salohiyat to‘g‘risida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi. Yig‘ilish yakunida Kipr-O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasining ta’sis hujjati rasman tasdiqlandi.

Ushbu yangi assotsiatsiya O‘zbekiston va Kipr Respublikasi o‘rtasida iqtisodiy, moliyaviy, bank, savdo va turizm sohalarida aloqalarni rag‘batlantirish, shuningdek, ishbilarmon doiralarning manfaatlarini ilgari surishni maqsad qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: