Germaniya banki O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini qo‘llab-quvvatlaydi
Vazirlar Mahkamasining "Germaniya hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda O‘zbekistonda kasbiy ta’limini qo‘llab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Foto: xs.uz
O‘zbekiston hukumati va Germaniyaning KfW banki o‘rtasida 2023 yil 8 noyabrda imzolangan O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitim 5 yil muddatga 16 mln yevro miqdorida grant ajratilishini nazarda tutadi.
Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi KfW bankining "O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini qo‘llab-quvvatlash" loyihasi uchun ajratilgan grantdan maqsadli foydalanish va uni samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.
Hujjat bilan:
KfW banki grantini qurilish, montaj, ta’mirlash va jihozlash uchun yo‘naltiriladigan kasb-hunar mahorati markazlari ro‘yxati;
"O‘zbekistonda kasb-hunar ta’limini qo‘llab-quvvatlash" loyihasining texnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlandi.
Mavzuga oid

12:45
Germaniya temiryo‘l kompaniyasi poyezdlar kechikkani uchun 196,8 mln yevro to‘ladi

10:27
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

23:28 / 08.03.2025
Germaniyada Mers va Shols partiyalari koalitsiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishdi

14:31 / 08.03.2025