Ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
▪️sport maktablari xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga ustamalar to‘lab borish tartibini takomillashtirish;
▪️sport maydonchalari barpo etiladigan mahallalarni aholi tomonidan ovoz berish yo‘li bilan aniqlash tartibini belgilash;
▪️sport maydonchalarini barpo etish va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish;
▪️yoshlar siyosati va sport sohasidagi ayrim amaldagi farmon va qarorlardan eskirgan va takrorlanuvchi normalarni chiqarib tashlash hamda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish.