O‘zbekiston hududlari va Fujayra amirligi o‘rtasida aviaqatnovlar tashkil etiladi

O‘zbekiston 15:38 / 24.12.2024 819

Uchrashuv davomida, Amirliklar tomonidan Fujayra shahrining iqtisodiy ko‘rsatkichlari, rivojlangan (drayver) tarmoqlari, yirik sanoat korxonalari, port va erkin iqtisodiy zonalari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi va O‘zbekiston hamda Fujayra tadbirkorlar sub’yektlari o‘rtasida aloqalarni yaqinlashtirishga qiziqish bildirildi.

O‘zbekistonda investitsiya muhiti, investorlar huquqlarini qonunchilik bilan himoya qilish bo‘yicha islohotlar hamda 2030 yilga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar va tijorat banklaridagi davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni to‘g‘risidagi taqdimotlar o‘tkazildi.

Uchrashuv mobaynida, mamlakatda muayyan sohalarda, xususan qurilish materiallarni ishlab chiqarish sohasida ishlab chiqilayotgan investitsiya loyihalarining Palata a’zolariga yetkazilishini tizimli yo‘lga qo‘yish muhokama qilinib, amirliklar tomoni mazkur masala uchun tashkilot mas’ulini belgiladi.

Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida viza talablari ozod etilganligini, ikki tomon aviatsiya idoralari o‘rtasidagi mavjud kelishuvni inobatga olib, hamkorlikda targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali O‘zbekiston hududlari va Fujayra o‘rtasida aviaqatnovlarni tashkil etish muhokama qilinib, bu turistlar oqimi va o‘zaro savdo imkoniyatlarini kengaytirishiga xizmat qilishi qayd etildi.

Uchrashuvda, shuningdek, Fujayra erkin iqtisodiy zonalari imkoniyatlari o‘rganilib, undan O‘zbekiston tadbirkorlarining ombor va shourum sifatida foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida elchixonaning 2025 yil I yarim yilligi davomida shayx Said ol Sharqiyning O‘zbekistonga tashrifini amalga oshirish hamda mazkur tashrif davomida ishbilarmon doiralar ishtirokida biznes forum o‘tkazish taklifiga ijobiy munosabat olindi.

Ko‘proq yangiliklar: