“O‘zbekgidroenergo” AJ – mintaqaning ESG yetakchilari cho‘qqisida

O‘zbekiston 10:14 / 24.12.2024 1016

Ushbu tasdiq gidroenergiya ishlab chiqarish orqali iqlim o‘zgarishini yumshatishga katta hissa qo‘shgan ijobiy ekologik ta’sirni va boshqaruv tuzilmasi hamda 2023 yilda ijtimoiy ko‘rsatkichlardagi yaxshilanishlarni aks ettiradi.

Ahamiyatli jihati, bu 7 ballik sezilarli o‘sish jamiyatni Markaziy Osiyodagi eng yuqori bahoga ega bo‘lgan kompaniyaga aylantirdi.

“O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari BMTning Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDG) 7.2 bandi (Renewable Energy)ga – qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirishga katta hissa qo‘shadi.

Sustainable Fitch reytinglari va boshqa mahsulotlar haqida: 
Sustainable Fitch'ning ESG reytinglari ekologik, ijtimoiy va boshqaruv samaradorligini barcha aktiv turlarida, shu jumladan tashkilot, platforma va instrument darajasida baholash uchun global yechim taklif qiladi. ESG moliyaviy jamiyatiga yaxshiroq va asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Reytinglar ekologik va ijtimoiy mezonlarni kompaniyaning biznesi, strategiyasi va boshqaruviga integratsiyalash darajasini hamda boshqaruvning samaradorligini aks ettiradi. Ushbu reytinglar “1” dan “5” gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi, bu yerda “1” eng yaxshi, “5” esa eng yomon natija hisoblanadi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ  Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: