Hindiston O‘zbekistonda onkologik dori vositalarini ishlab chiqaradi

O‘zbekiston 14:28 / 24.12.2024 706

Agentlik direktori Abdulla Azizov hindistonlik ishbilarmonlarga mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar ko‘lami haqida ma’lumot berdi.

Ind-Swift Laboratories kompaniyasi vakillari so‘nggi yillarda O‘zbekiston hayotidagi yangilanish jarayonini katta qiziqish bilan kuzatayotganini, xalqaro hamkorlik uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, taklif etilayotgan imtiyozlardan yaxshi xabardor ekanini ta’kidladilar. Tadbirkorlar mamlakatda onkologik dori vositalarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida agentlik va Ind-Swift Laboratories kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjatni amalga oshirish doirasida tomonlarning o‘zaro manfaatli munosabatlari mustahkamlanadi va qo‘shma loyihalar hayotga tatbiq etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: