Hindiston farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

O‘zbekiston 13:45 / 24.12.2024 345

O‘zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish va ularni uchinchi mamlakatlarga eksport qilish bo‘yicha sheriklik imkoniyatlarini muhokama qildi.

TIL Healthcare mahsulotlari Osiyo, Afrika, MDH, Markaziy va Lotin Amerikasining 50 dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi. Kompaniya malakali kadrlar va mustahkam infratuzilmaga ega bo‘lib, farmatsevtika sohasida joriy qilayotgan ilg‘or innovatsiyalari va tayyorlayotgan sifatli dori-darmon tovarlari bilan nom qozongan.

Hindistonlik farmatsevtlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildirdi va mahalliy hamkorlar bilan ushbu maqsadga qaratilgan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.

Ko‘proq yangiliklar: