Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi

O‘zbekiston 14:35 / 24.12.2024 6058

16 dekabr kuni O‘zbekiston bozorida Chery brendining ikki yilligi munosabati bilan ADM Global kompaniyalar guruhi o‘zining yirik dilerlik konferensiyasini o‘tkazdi, tadbirning kulminatsion nuqtasi – yangi Chery Tiggo 2 Pro krossoveri taqdimoti bo‘ldi. Ushbu model zamonaviy dizayn, texnologiya va mahalliy avtohavaskorlar talablariga moslashtirilgan funksiyalarni birlashtirgan holda ommabop krossoverlar segmentida bessellerga aylanishni va’da qilmoqda.

Chery Tiggo 2 Pro – shahar muhiti va yengil darajadagi yo‘lsiz sharoitga mos keladigan ishonchli va manyovrbop krossover. O‘ziga xos uslubli dizayn, texnologik yechimlar va foydalanish xarajatlari esa yuqori emasligi, uni o‘zbekistonliklar uchun jozibador variantga aylantiradi. Avtomobil yorqin xromlangan radiator panjarasi va Tiggo turkumiga oid o‘ziga xos qiyofani yaratuvchi LED elementlari bilan ajralib turadi.

Tiggo 2 Pro krossoveri CVT pog‘onasiz uzatmalar qutisi bilan ishlaydigan bir litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lishi, uning ravon harakatlanishini ta’minlaydi va komponentlarning ishdan chiqishini kamaytiradi. Model ikki rangli 17 dyuymli disklar va LED elementlari, spoyler va hajmi 420 litr bo‘lgan qulay yukxonasi mavjud bo‘lgan o‘zgacha uslubli orqa qismga ega. Krossover AI-92 va undan yuqori yonilg‘ida ishlaydi, yonilg‘i sarfi esa aralash siklda 100 km uchun 6,3 litrni tashkil qilishi, uni raqobatchilar orasida narx va sifat bo‘yicha yetakchilardan biriga aylantiradi.

Tiggo 2 Pro ichki jihozlanishi haydovchi va yo‘lovchilarga qulaylik yaratishga qaratilgan. Isitiladigan ekocharm bilan qoplangan o‘rindiqlar, yumshoq bezak elementlari va qurilmalar panelining ergonomik dizayni uzoq safarlarda ham qulaylik yaratadi. Apple CarPlay va Android Auto tizimida ishlaydigan 9 dyuymli ekran barcha nazoratni qo‘lga olish imkonini beradi. Krossoverda salonga kalitsiz kirish va dvigatelni tugma bilan ishga tushirish funksiyasi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Tiggo 2 Pro old va yon xavfsizlik yostiqchalari, ISOFIX mahkamlash tizimi va har qanday sharoitda safarni yoqimli o‘tkazish uchun iqlim-nazorat tizimi bilan jihozlangan.

Sotuvlar boshlanishida model mijozlarning qulaylik va funksionallik ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan bitta komplektatsiyada mavjud bo‘ladi. Taqdimotda e’lon qilingan narx – 214 900 000 so‘m – avtomobilni o‘z turkumida ajoyib taklifga aylantiradi.

ADM Global va Chery brendi yangi Tiggo 2 Pro kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi ikki yillik tarixining muvaffaqiyatli davomi etishiga ishonadi.

Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:

Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Website | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: