Braziliyada ilgari hech qachon qayd etilmagan hindular qabilasi aniqlandi

Jahon 22:54 / 24.12.2024 8164

Tadqiqotchilar Braziliyada masako hindulari qabilasi yashaydigan hududlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. The Guardian gazetasining yozishicha, ularning mavjudligi oldin qayd etilmagan va faqat olimlarning taxminlariga asoslanilgan.

Nashrning qayd etishicha, Braziliya g‘arbida masako xalqi yashashiga oid gap-so‘zlarga qaramay, ular Rondoniya shtatida joylashganini isbotlovchi bevosita dalillar bo‘lmagan. Nashr, shuningdek, Amazon o‘rmonlarida ov qilayotgan hindularning kadrlarini e’lon qilib, «ushbu tasvirlar ilgari hech qachon hujjatlashtirilmagan Amazon etnik guruhining mavjudligini tasdiqlashini» ta’kidlagan.

Suratlar izolyatsiyalangan jamiyat haqiqatda mavjudligini ko‘rsatibgina qolmay, ular braziliyalik chorvadorlarning bosimiga qaramay yaxshi yashayotganidan darak beradi.

Shu bilan birga, mazkur qabila aniqlanganidan keyin hindularning oldingi hayot tarzi xavf ostida qolishi mumkin, chunki olimlar o‘z tadqiqotlari hududga tashriflarini oshirishi, o‘z navbatida atrof-muhitga ham zarar yetkazib qo‘yishlari mumkin.

«Izolyatsiyadagi tub xalqlarning huquqlarini hurmat qilish — tropik o‘rmonlarni saqlab qolishning muhim asosidir», — deydi tadqiqotchi Paulu Moutinyu.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Braziliya hindular milliy jamg‘armasi xodimlari Peru bilan chegarada joylashgan Vale-du-Javari qo‘riqxonasida brakonerlarni izlashayotganda qo‘riqxonaga taxminan 190 mil kirilgandan keyin noma’lum qabilaga duch kelgan edi. Ularning aytishicha, qabiladagi 16 kishi hech qachon tashqi dunyo bilan muloqot qilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: