Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi

Jahon 17:53 / 24.12.2024 2728

AQSh prezidenti Jo Bayden mamlakatning 2025-moliya yili uchun (1 oktyabrdan boshlangan) rekord darajadagi mudofaa budjetini 895 milliard dollar miqdorida tasdiqladi, bu o‘tgan yilga nisbatan 9 milliard dollarga ko‘p. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.

1,8 ming sahifadan iborat hujjatda razvedka sohasidagi dasturlarni amalga oshirish, Pentagon rejalari, shuningdek, Energetika vazirligi loyihalari uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan. AQSh Kongressining Vakillar palatasi loyihani 11 dekabrda, Senat esa 18 dekabrda ma’qullagan.

Bundan tashqari, Bayden tomonidan imzolangan aktda Rossiya bilan qazib olinadigan yoqilg‘i sohasida hamkorlik qilish va Strategik hujum qurollarini yanada qisqartirish va cheklash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi shartnoma (START) doirasida axborot almashish taqiqlangan. Mudofaa vaziri yoki davlat kotibi qonunchilarni Rossiya shu kabi ma’lumotlarni taqdim etgani haqida xabardor qilsa, istisnoga ruxsat beriladi.

Hujjat razvedka xizmatlarini «Ukrainaga qurol yetkazib berish to‘xtatilganda va Rossiya maxsus operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda AQSh xavfsizligiga ta’sir etuvchi xavflarni» baholashga majbur qiladi. Razvedkaga Ukraina Qurolli Kuchlariga harbiy va iqtisodiy yordamni davom ettirish yoki to‘xtatish, shuningdek uzoq masofali qurollar bilan Rossiya hududiga zarba berish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash yoki bekor qilinishi bilan jangovar qobiliyatini saqlab qolish imkoniyatlarini tahlil etish topshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: