Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron kartoshka yetishtirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron Urug‘lar va o‘simliklarni sertifikatlash va ro‘yxatga olish instituti faoliyati bilan tanishdi.

Foto: Getty Images
O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev boshchiligida mamlakat delegatsiyasi Eronga ishchi safari davomida Karaj shahridagi Urug‘lar va o‘simliklarni sertifikatlash va ro‘yxatga olish instituti faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston vakillari dastlab Urug‘lar va o‘simliklarni sertifikatlash va ro‘yxatga olish instituti bosh direktori Muhammad Assarex bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Institut bosh direktori Muhammad Assarex Eronda 4 million gektar maydon qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilganini, shundan 160 ming gektarida kartoshka yetishtirilishini ma’lum qildi.
Tomonlar kartoshka yetishtirish, yangi navlarni yaratish va ilmiy tadqiqotlar olib olish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Eron o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama sheriklikni yanada rivojlantirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
4 ta viloyatida sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
-
Niderlandiya Isroilning genotsidga da’vat qiluvchi vazirlarini «qora ro‘yxat»ga kiritdi
Jahon | 18:45
Mavzuga oid

10:42
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

08:27 / 28.07.2025
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi

09:02 / 27.07.2025
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos

18:28 / 26.07.2025