Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi

Jamiyat 08:47 / 20.12.2024 3352

19 dekabr kuni Toshkent shahrining Yangi Sergeli va Qipchoq ko‘chalari chorrahasida 132-yo‘nalishda harakatlanadigan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berishicha, xabar soat 11:51 da kelib tushgan, voqea joyiga ikkita yong‘in-qutqaruv ekipaj jo‘natilgan. Ular soat 11:55 da yetib borgan va yong‘in soat 11:57 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.

18 dekabr kuni Yunusobod tumanida 169-yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz avtobusida yong‘in sodir bo‘lgandi. «Toshshahartransxizmat» xabar berishicha, bunga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: