AQSh Turkiyaga sanksiyalar ostidagi Gazprombank orqali to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berdi
AQSh hukumati Turkiyaga Rossiya tomonidan yetkazib berilgan gaz uchun to‘lovlarni Gazprombank orqali amalga oshirishga ruxsat berdi. O‘z navbatida Vengriya ham shunday huquqni qo‘lga kiritgani aytilmoqda.

Foto: AFP
AQSh hukumati Turkiyaga Gazprombank orqali to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berdi. Bu haqda Turkiya energetika vaziri Alparslon Bayraktarga tayanib Bloomberg xabar berdi.
Shunday qilib, Turkiya Rossiya gazi uchun sanksiyaga uchragan bank orqali to‘lovlarni amalga oshira oladi. Bayraktarning so‘zlariga ko‘ra, turk tomoni ushbu masalani hal etish uchun AQSh rasmiylari bilan «bir qator muzokaralar» o‘tkazgan.
Vengriya tashqi ishlash vaziri Peter Siyyarto 19 dekabr kuni AQSh ushbu mamlakat uchun ham yetkazib berilgan Rossiya gazi uchun hisob-kitoblarni Gazprombank orqali amalga oshirishga ruxsat berganini ma’lum qilgandi.
AQSh Moliya vazirligi 2024 yil 21 noyabr kuni Gazprombank va uning oltita shu’ba kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5 dekabr kuni Rossiya gazi uchun to‘lovlar endi bitta aniq bank orqali to‘lash tartibini bekor qildi. Ilgari bunday — yagona — moliyaviy institut Gazprombank edi. Shunday qilib, Putin o‘zining 2022 yil 31 martdagi farmoniga o‘zgartirish kiritdi, unda Gazprombankka Rossiya gazi uchun to‘lovlar bo‘yicha yagona adresat bo‘lish huquqi berilgandi.
O‘z navbatida Bloomberg Yevropa Ittifoqi Gazprombankka qarshi sanksiyalarni yumshatish uchun AQShga bosim ko‘rsatayotgani haqida yozgan edi. Turkiya tomoni ham AQSh davlat kotibi Entoni Blinken boshchiligidagi delegatsiya bilan Anqarada o‘tkazilgan muzokaralar davomida Rossiyaning Gazprombankiga nisbatan sanksiyalarni yumshatish masalasini ko‘targandi.
Mavzuga oid

11:01 / 10.03.2025
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirdi

14:11 / 08.03.2025
Vengriyada ishlayotgan turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistonda qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi

20:38 / 07.03.2025
Tramp Rossiyaga muzokaralardan bosh torsa «jiddiy sanksiyalar» bilan tahdid qildi

00:22 / 07.03.2025