4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi

O‘zbekiston 13:43 / 20.12.2024 1564

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025 yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot boshlandi.

Tadbirkorlar bu yilda 11,5 trillion so‘mlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi.

Kelayotgan yilda yana 4,5 mingta bino va 6 ming gektar yer tadbirkorlarga taklif qilinadi.

Uzoq yillardan beri davlat monopoliyasida bo‘lgan yo‘llarni ta’mirlash va saqlashga xususiy sektorni jalb qilish ishlari kengaytiriladi. Bu yil 260 kilometr yo‘llarni saqlash ishlari tadbirkorlarga berildi. Kelasi yili bu 3 ming kilometrga yetkaziladi.

“Tashabbusli budjet” doirasida yo‘llarni ta’mirlash ishlarining 92 foizi xususiy pudratchilar tomonidan amalga oshirildi. Bu 100 foizga yetkaziladi.

Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 86 ta tumanda quriladigan 841 kilometr yo‘llar to‘liq mahalliy pudratchilar tomonidan amalga oshiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: