Toshkent - Madrid to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlari 2025 yil aprelida qayta tiklanadi

O‘zbekiston 11:33 / 19.12.2024 753

Tadbirda Ispaniya ishbilarmon doiralari va sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Elchi Farrux Tursunov o‘z ma’ruzasida, O‘zbekiston Konstitutsiyasining mamlakat shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati, ushbu hujjat asos bo‘lgan asosiy tamoyillar, shuningdek, o‘tgan yili amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotning maqsadi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilganlarga so‘nggi yillarda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xorijiy sayyohlik kompaniyalari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘zbekistonning boy tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

2025 yil aprel oyidan boshlab "Toshkent-Madrid" yo‘nalishidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqidagi xabar mamnunlik bilan qabul qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: