Poyezdda yo‘lovchilarga choy, ichimlik suvi va shakar bepul beriladi

O‘zbekiston 16:23 / 19.12.2024 2089

«Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan va bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:

- Temir yo‘l transporti sohasida davlat tomonidan tartibga solinadigan xizmatlar ro‘yxati;

- Temir yo‘l transporti sohasida bozor tamoyillari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati;

- Temir yo‘l transporti sohasida iste’molchilarga bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati.

Bunda iste’molchilarga bagaj uchun aravacha, ona va bola xonasidan foydalanish, kutish zalida Wi-Fi, nogironlar uchun aravachalar, yo‘l davomida choy, ichimlik suvi va shakar bepul taqdim etiladi.

Ko‘proq yangiliklar: