Xitoy 600 dan ortiq yadroviy kallakka ega va 2030 yilga borib ularning arsenali mingtadan oshadi. Bu haqda Pentagonning XXR jangovar quvvatiga oid har yili tayyorlaydigan hisobotida so‘z boradi.
Qayd etilishicha, XXRda mavjud yadroviy kallaklar soni 2024 yil o‘rtalaridagi ma’lumotlarga asoslangan. O‘tgan yilgi hisobotda Xitoy ixtiyorida 500 dan ziyod yadroviy kallaklar borligi aytilgan edi.
«Mudofaa vazirligi 2030 yilga borib Xitoyda ularning soni mingtadan oshishi va mamlakat kamida 2035 yilga qadar o‘z kuchlarini oshirishni davom etishini prognoz qilmoqda», — deyiladi hisobotda.
Ta’kidlanishicha, «Xitoy yangi qit’alararo ballistik raketalarni yaratish ustida ish olib bormoqda, ular mamlakatning yadroviy raketa kuchlarini yanada yaxshilashga xizmat qiladi va yadroviy kallaklar ishlab chiqarishni oshirishni talab qiladi».
Stokholmdagi xalqaro tinchlik muammolarini o‘rganish instituti (SIRPI)ning 2023 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, jahondagi 9 ta yadroviy barqudrat davlatlarida jami 12 512 ta yadroviy kallaklar borligi aytilgan edi. O‘shanda Rossiya 5889 ta yadroviy kallagi bilan bu davlatlar ichida birinchi o‘rinni egallagandi. Rossiyadan keyingi o‘rinni 5244 ta atom bombasi bilan AQSh band etgan.