Uch kun – tashrif buyurish uchun uchta sabab
1. Bo‘lajak uy egalari uchun maxsus imtiyozlar. Xarid qilish uchun mislsiz imkoniyatlar: faqat mazkur uch kun mobaynida xonadonlar uchun narxlar pasayadi. Bu haqiqatan kam uchraydigan imkoniyat – bunday taklif hali bo‘lmagan.
2. Ekspertlar tomonidan konsultatsiyalar. Barcha savollaringizga javob bera oladigan hamda sizning orzuingizdagi xonadonni tanlashga yordam bera oladigan o‘z kasbining ustalari bilan jonli muloqot.
3. Hech qanday taxmin va gumonlarga o‘rin yo‘q. Xonadonlar, bolalar maydonchalari, infratuzilmaning hammasini o‘z ko‘zingizbilan ko‘ring. Yangi uyda qanday yashashni o‘zingiz joyida bilib oling.
Bundan tashqari, mazkur loyiha doim rivojlanib bormoqda! Agar siz Istanbul City’ni bir necha oy oldin ko‘rgan bo‘lsangiz, bugun u yanada go‘zallashdi va takomillashdi: bugungi aholini quvontiradigan va bo‘lajak xonadon sohiblarini xursand qiladigan infratuzilma buning isbotidir.
Nima uchun aynan Istanbul City?
Mazkur majmua qulay manzilda, ya’ni, Nukus ko‘chasi va Kichik xalqa avtomobil yo‘li o‘rtasida joylashgan. Aeroportgacha masofa atigi 1 km, vokzalgacha 2,5 km. Maktablar, bog‘cha va poliklinikaga piyoda borishingiz mumkin. Bu yerda o‘zingizni xavfsiz his qilasiz: yopiq hudud, kunu tun ishlaydigan qo‘riqlash xizmati, ichkariga kirish uchun turniketlar hamda videokuzatuv tizimi. Majmua ichki infratuzilmaga ham boy: yashil zonalar, xavfsiz qoplama o‘rnatilgan bolalar maydonchalari, dam olish maskanlari, kunu tun ishlaydigan qo‘riqlash xizmati hamda videokuzatuv tizimi.
Hozirda 17 ta uy foydalanishga topshirilgan bo‘lib, loyiha rivojlanib kelmoqda. Yangi turar-joy bloklari barpo etilmoqda.
“Ye” bloki (topshirish sanasi — 2025-yilning birinchi choragi):
• 455 xonadonga ega 20 qavatli bino. Uylarning maydonlari - 31 m² dan 150 m²gacha.
• Erkin planlashtirish o‘zingizning ehtiyojlaringizdan kelib chiqib intererni yaratishga imkon beradi.
• Supermarket, fitnes zali, spa saloni, hovuz, resepshnni (mehmonlarni qabul qilish hududi) tashkillashtirish hamda konserj xizmatlarini ko‘rsatish nazarda tutilgan.
“D” bloki (topshirish sanasi — 2025-yilning to‘rtinchi choragi):
• Yashil terrasalar bilan bezatilgan noyob kaskad shaklidagi dizayn.
• Maksimal ravishda tabiiy yorug‘likni ta’minlash uchun panoramali derazalar.
• Keng ikki qavatli yerosti avtoturargoh.
• 31 m² dan 120 m² gacha maydonga ega 290 ta xonadon. Erkin planlashtirish nazarda tutilgan.
Bu binolar mavjud binolarga ajoyib qo‘shimcha bo‘ladi, ularning me’moriy yechimlari va infratuzilmasi aholi turmush darajasini yangi pog‘onaga ko‘taradi.
Bonuslar: bayramingizni unutilmas taassurotlar bilan to‘ldiring
12 yanvargacha xonadon xarid qilganlar uchun Istanbul City yoqimli sovg‘alar tayyorladi:
• Uy-joy xarid qilishda 3% chegirma;
• Hayotning yangi sahifasini ochish uchun maishiy texnika to‘plami;
• Ikki kishiga Mövenpick Hotel Samarkand’da dam olish uchun sertifikat. Besh yulduzli hashamatli mehmonxonada dam olish bu xaridni bayramona nishonlashning ajoyib imkoni!
O‘z hayotini ijobiy o‘zgartirishni xohlovchilarni Istanbul City 21-, 22- va 23 dekabr kunlari kutib qoladi. Agarda samimiy uchrashuvga kelolmasangiz, ushbu bayram sovg‘alari sizni xonadon xarid qilganingizda kutadi.
Manzil: Toshkent shahri, Abdulla Qahhor ko‘chasi, 49. Ish vaqti soat 09:00 dan 21:00 gacha.
Reklama huquqi asosida