2024 yilning bugungi kuniga qadar «O‘zbekkosmos» agentligining ekologiya yo‘nalishidagi kosmik monitoring natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixonalar aniqlandi. Ulardan 123 tasi, ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi, ya’ni 465,2 gektari esa noqonuniy chiqindi poligonlari sifatida qayd etilmoqda.
Xususan:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 243 ta (63,2 gektar);
- Xorazm viloyatida 168 ta (22 gektar);
- Buxoro viloyatida 92 ta (91,7 gektar);
- Navoiy viloyatida 216 ta (112,4 gektar);
- Samarqand viloyatida 147 ta (41,2 gektar);
- Qashqadaryo viloyati 81 ta (79,3 gektar);
- Andijon viloyati 180 ta (42 gektar);
- Namangan viloyatida 195 ta (65,2 gektar);
- Farg‘ona viloyatida 164 ta (51 gektar);
- Toshkent viloyatida 363 ta (98,6 gektar);
- Jizzax viloyatida 39 ta (30,44 gektar);
- Surxondaryo viloyatida 40 ta (20,11 gektar).
Agentlikka ko‘ra, bu kabi noqonuniy chiqindi poligonlarining tashkil etilishi avvalo atrof-muhit va ekologiyaga hamda tuproq, suv va havo sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan xavfli. Qolaversa, zararli hasharotlar ko‘payishi, infeksion kasalliklarning ortishi, insonlarda o‘pka saratoni va nafas olish nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladi.