Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi “Makon” telekanali: O‘zbekiston mediamakonida yangi burilish
O‘zbekiston media bozori jadal rivojlanmoqda. Yangi telekanallarning paydo bo‘lishi milliy kontentning xilma-xilligi va sifatini oshirish, raqobatchilik muhitini kuchaytirish hamda tomoshabinlar va OAV uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim o‘rin tutadi.

Amirxon Umarov, Davron Muqimov va Kamola Ikramova kabi kreativ mediaekspertlar jamoasi “Makon” nomli yangi telekanalning ochilishini e’lon qilishdi. 2024 yil 19 oktyabrdan test rejimida efirga uzatilishi boshlangan yangi telekanal tomoshabinlar tomonidan ijobiy qarshi olindi. Kanal asosan ayollarga mo‘ljallangan maxsus kontentni tayyorlashni reja qilgan bo‘lib, aktual mavzularni muhokama qilish, madaniy almashinuvni rivojlantirish va yuqori sifatli ko‘ngilochar dasturlarni taqdim etishga yo‘naltirilgan.
Kanal direktori Amirxon Umarov ta’kidlaganidek, zamonaviy teleefir texnologiyalaridan, xususan, onlayn platformalar va interaktiv formatlardan foydalanish “Makon” telekanalini nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyodagi keng auditoriya uchun ham ochiq formatga olib chiqadi.
"Biz telekanalimizni har bir tomoshabinga, uning joylashuvidan qat’iy nazar, yetib borishini istaymiz. Texnik yechimlarimiz va innovatsion yondashuvlarimiz bu maqsadga erishishga yordam berishiga ishonaman. Shuningdek, biz kreativ jamoalar va yangi prodakshn kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilishni rejalashtirganmiz. Bu ilg‘or media ekotizimini yaratish yo‘lida muhim qadamdir", — deydi Amirxon Umarov.
“Makon” telekanali efiridan yuqori sifatli seriallar va sitkomlar, qiziqarli dasturlar, realiti-shoular va musiqiy ko‘rsatuvlar, mahalliy va xorijiy filmlar o‘rin oladi. Bu yondashuv tomoshabinlarning keng doirasini jalb etish va ularga betakror hamda dolzarb kontent taqdim etish imkonini beradi.
Kanal Bosh prodyuseri Davron Muqimov telekanalning milliy madaniyatni mustahkamlashdagi o‘ziga xos ahamiyatini alohida ta’kidladi.
"Biz madaniyat va san’atni saqlab qolish va rivojlantirishga xizmat qilamiz. Shuningdek, milliy an’analarni yanada boyitish va zamonaviy ahamiyat kasb etuvchi mavzularni yoritamiz. Tomoshabinning qalbiga yetib borish, ularning ehtiyojlarini hisobga olish, o‘zbek tilimiz va qadriyatlarimizni saqlab qolish ham bizning ustuvor yo‘nalishlarimizdan biridir” – qo‘shimcha qildi Davron Muqimov.
Kanalning Bosh muharriri Kamola Ikromova ta’kidlaganidek, “Makon” nafaqat ko‘ngilochar vazifalarni, balki ma’lumot va ilhom manbai bo‘lishni o‘z ichiga olgan.
“Makon” telekanalining efirini mahalliy kontent bilan boyitishni maqsad qilganmiz. Madaniy o‘zlikni saqlash, mahalliy kreativ sohalarni rivojlantirish va tomoshabinlarga mamlakatning an’analari, qadriyatlarini aks ettiruvchi noyob kontentni taqdim etish – bizning strategik ahamiyatga ega vazifamiz” — dedi Kamola Ikramova.
“Makon” telekanali yangi media trendlarini o‘zida mujassam etib, O‘zbekistonning zamonaviy OAV kelajagini belgilashni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025