Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–2, kunduzi +6...+8 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...+2, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...+2, kunduzi +4...+9 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi +2...+7, ba’zi joylarda +10 darajagacha bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida kechqurun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.