Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston 07:27 / 17.12.2024 9884

Gulnora Normurodova Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Gulnora Normurodova 1985 yilda Jizzax tumanida tug‘ilgan.

U mazkur tayinlovga qadar Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.

2018 yildan 2024 yilgacha viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Nazira Muxtorova Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.

Shuningdek, Zebo Saidova Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Z.Saidova 1978 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Samarqand shahar hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Ko‘proq yangiliklar: