Farg‘onadagi yong‘inda 1 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi - fotoreportaj

O‘zbekiston 16:49 / 17.12.2024 33247

Farg‘ona shahri markazidagi benzin va gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan portlash va yong‘in oqibatida bir kishi vafot etdi, 4 kishi tan jarohati oldi. Yana 8 kishi tibbiyot xodimlari nazoratida. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa 17 dekabr kuni soat 13:43 da Farg‘ona shahar Ahmad Yassaviy ko‘chasida joylashgan ko‘p yoqilg‘ili AYoQSh va AGQShda sodir bo‘lgan. Suyultirilgan gaz to‘kish vaqtida texnologik jarayonlarning buzilishi va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani oqibatida chaqnash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng yong‘in chiqqan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga soat 13:47 da yetib borgani, 14:02 da yong‘inni o‘rab olib, 14:12 da batamom o‘chirgani aytilmoqda.

Kun.uz muxbiri voqea joyida bo‘lib, portlash oqibatlaridan aks ettiruvchi suratlarni taqdim etdi.

Ko‘proq yangiliklar: