Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston 20:15 / 16.12.2024 11746

Nilufar Normirzayeva Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nilufar Normirzayeva 1976 yil Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi — musiqa o‘qituvchisi, milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi.

U faoliyati davomida Yangiyo‘l tumani hokimligining bir qator mas’ul lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar, Yangiyo‘l tumani hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Oktyabr o‘rtalarida Otabek Tursunov Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib, dekabr boshlarida esa Xurshid Qoraboyev viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Ko‘proq yangiliklar: